#Jarayon A.Avloniy institutida tizim tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv-seminarlari bo'lib o'tmoqda
Bugun A.Avloniy nomidagi institutda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv-seminarlari boshlandi.
Ayni paytda tizim tashkilotlarining bosh hisobchilari, shuningdek, Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshliqlari hamda yuridik xizmat xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Bosh hisobchilar uchun seminar 28–29-avgust kunlari davom etadi.
O‘quv-seminarlari ishtirokchilarning faoliyatini yanada takomillashtirish, amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Mashg‘ulotlarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar va hamkor tashkilotlardan mehmon ma’ruzachilar ham jalb etilgan.









