#Forum ⏰ PISA 2025: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 82 ballga yaxshilandi
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida Taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalari rasman e’lon qilinib, O‘zbekiston o‘quvchilarining xalqaro baholashdagi ko‘rsatkichlari taqdim etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova, OECDning ta’lim siyosati bo‘yicha tahlilchisi Yuri Belfali, UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Castillo shuningdek, ta’lim sohasi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Forum davomida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalari rasman e’lon qilinib, O‘zbekistonning asosiy ko‘rsatkichlari, manfaatdor tomonlar uchun tavsiyalar hamda mamlakatimizning PISA 2025dagi ishtiroki natijalari tahlil qilindi.
Forum doirasidagi muhokamalar esa erishilgan natijalarni tahlil qilish, ta’lim tizimining kuchli va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan jihatlarini aniqlash hamda natijalardan amaliy harakatlarga o‘tish uchun keyingi vazifalarni belgilashga qaratildi.









