#Bilimlar_kuni “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida institut rektori ishtirok etdi

29 02.09.2026

Bugun yurtimiz maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, Olmazor tumanidagi 28 -son umumta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali tadbirda institut rektori Abduvali Ismailov ishtirok etdi.

Tadbir avvalida muhtaram Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari, ustoz va murabbiylariga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tantanali tadbirning eng quvonchli lahzalaridan biri — maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarining tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.

Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi va ustozlar uchun ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va ezgu maqsadlarga boy bo‘lsin!


2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech