#Institut_Kengashi A.Avloniy nomidagi institutda Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Institut Kengashining 7-son yig‘ilishida tarkibiy bo‘limlar faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kengashda kun tartibidagi quyidagi:
— Xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari;
— rahbar kadrlar malakasini oshirish kurslarini metodik jihatdan ta‘minlash sifatini oshirish;
— elektron kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
— ijro intizomining bajarilish holati;
— Institutining mehmonxona faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish kabi masalalar tahlil qilindi.
Shuningdek:
- 13.00.07 – “Ta‘limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha 2 nafar talabgorni professor ilmiy unvoniga tavsiya etish;
- 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbarlari va maslahatchilarini tasdiqlash;
- institutning “Maktab ta‘limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnali tahririyat hay‘ati tarkibini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas‘ullarning axborotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va mas‘ullarga vazifalar belgilandi.








