UNESCO va Shanxay pedagogika universiteti delegatsiyasi Abdulla Avloniy nomidagi institutda bo‘ldilar

15 09.09.2026

Mehmonlar institut faoliyati, yangilangan kampusi, jumladan, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, Axborot-resurs markazida bo‘lib, kutubxona va ta‘lim fidoyilari burchagi bilan yaqindan tanishdilar.

So‘ngra tomonlar rahbariyati va masʼullari o‘rtasida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, maktab rahbarlari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish, Xalqaro maktab direktorlari forumida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.


Shuningdek, delegatsiya a‘zolari SHNU talabalari Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va kurs tinglovchilari bilan kichik guruhlarda suhbatlar o‘tkazdilar.

Tashrif yakunida hamkorlikni izchil davom ettirish va kelishilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Maʼlumot o‘rnida: 2026-yil 7-iyul kuni UNESCO TEC va Institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.




2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech