PISA 2025: o‘quvchilar sun’iy intellektdan qanday maqsadlarda foydalanmoqda?

32 11.09.2026

PISA 2025 natijalariga ko'ra, o‘quvchilar sun’iy intellektdan, asosan:
yangi mavzuni o‘rganishda yordam olish;
mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni izlash;
o‘qilgan matnni umumlashtirish;
yozma topshiriqlar uchun matn tayyorlash maqsadlarida foydalanmoqda.

O‘quvchilarning 45 foizi sun’iy intellektdan yangi mavzuni o‘rganish uchun kamida haftada bir marta foydalanishini bildirgan. Ushbu ko‘rsatkich mavzu bo‘yicha dastlabki izlanish olib borishda 31 foiz, matnni umumlashtirishda 30 foiz, yozma topshiriqlar uchun matn tayyorlashda esa 29 foizni tashkil etgan.

Natijalar o‘quvchilar sun’iy intellektdan tayyor javob olish bilangina cheklanmay, bilim olish, axborotni qayta ishlash va yozma topshiriqlarni bajarishda yordamchi vosita sifatida ham foydalanayotganini ko‘rsatadi.


2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech