BRIGHT loyihasi doirasida xalqaro hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi

33 11.09.2026

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida BRIGHT loyihasi doirasida Yaponiyaning Naruto ta’lim universiteti professorlari hamda KEI Advanced, Inc. vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Naruto ta’lim universitetidan universitet vitse-prezidenti va professor Hiroaki Ozawa hamda professor Hiroki Ishizaka O‘zbekistonga BRIGHT loyihasi doirasidagi qisqa muddatli ekspertlar missiyasi bilan tashrif buyurgan bo‘lib, uchrashuvlarda:
BRIGHT loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar;
⏺ o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini takomillashtirish;
⏺maktablarda tadqiqotlarni tashkil etish va ta’lim jarayonini dalillarga asoslangan holda o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvlarda ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, kelgusidagi akademik hamkorlikni kengaytirish, jumladan, magistratura ta’limi va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


  Eslatib o‘tamiz, BRIGHT loyihasi doirasida avval ham xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, institut mutaxassislari Yaponiyaning Naruto ta’lim universitetida tashkil etilgan ikki haftalik o‘quv-amaliy dasturda ishtirok etib qaytgan edi.



2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech