Ingliz tili ta’limi: xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

79 23.09.2026

Abdulla Avloniy nomidagi institutda Hamilton House Publishers xalqaro nashriyoti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy o‘quv-metodik va raqamli resurslardan samarali foydalanish, ilg‘or xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish hamda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


 Uchrashuv doirasida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

- Hamilton House Publishers tomonidan Buyuk Britaniyadan institutga o‘quv va metodik adabiyotlar taqdim etiladi;

- tinglovchilar uchun nashriyotning onlayn kitob bazasidan foydalanish imkoniyatini beruvchi maxsus kodlar ajratiladi;

- Hamilton House Publishers mutaxassislari tomonidan institutda qisqa muddatli treninglar tashkil etilib, zamonaviy metodika va yondashuvlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Mazkur hamkorlik ingliz tili o‘qituvchilarining zamonaviy metodik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.



2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech