Malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi
126
25.09.2026
Bugun Institutda sentabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi.
Yakuniy baholash test sinovlari hamda malaka ishini himoya qilish shakllarida tashkil etilib, tinglovchilar mikrodars, loyiha ishlari va muayyan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Attestatsiya jarayoni tinglovchilarning kurs davomida egallagan amaliy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, shuningdek, kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar olish imkonini bermoqda.









