Abdulla Avloniy nomidagi institut o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirmoqda
Ayni kunlarda institutning bir guruh o‘qituvchilari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida malaka oshirish va stajirovka dasturida ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida ishtirokchilar:
➖Malayziya ta’lim tizimi;
➖maktab boshqaruvi;
➖maktab direktorlarini tanlash va tayinlash;
➖maktab direktorlarining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda.
Shuningdek, maktab boshqaruvida sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.
23-sentabrdan 2-oktabrgacha davom etadigan dastur doirasida ishtirokchilar Malayziya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganib, ularni milliy ta’lim amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha yangi g‘oyalar va amaliy yondashuvlarga ega bo‘lmoqda.
Kurslarda o‘rganilayotgan ilg‘or boshqaruv tajribalari, zamonaviy yechimlar va muhim taassurotlarni siz bilan muntazam baham ko‘rib boramiz.





