Avloniy instituti vakillari Polsha pedagoglar malakasini oshirish tizimi bilan tanishdi
Varshava shahrida Institut hamda pedagoglar malakasini oshirishga ixtisoslashgan Oś Rozwoju Edukacji (ORE) davlat muassasasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Polshaning pedagoglar kasbiy rivojlanishi va malaka oshirish borasidagi tajribasi o‘rganildi.
Jumladan:
➖O‘qituvchilarning karyera pog‘onalari va kasbiy o‘sish tizimi;
➖pedagoglar malakasini oshirish markazlarini muvofiqlashtirish;
➖ trenerlar tayyorlashda kaskad yondashuvini joroy etish;
maktab rahbarlarining boshqaruv va yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirish;
➖pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatish va uzluksiz kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash;
➖ yirik ta’lim islohotini nazarda tutuvchi "Reforma26" davlat dasturi doirasida o‘qituvchilarni yangi ta’lim yondashuvlariga tayyorlash.
Uchrashuv yakunida pedagoglar va maktab rahbarlarining kasbiy rivojlanishi yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma o‘quv dasturlari va tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
#AvloniyInstituti #Pedagog #MalakaOshirish #Taʼlim #XalqaroHamkorlik #Polsha


