ISHONCH 2030 loyihasi doirasida raqamli inklyuziya bo‘yicha treninglar boshlandi

422 09.10.2026

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi institutda ISHONCH 2030 loyihasi doirasida “Google ta’lim vositalari orqali raqamli inklyuziya va barcha uchun qulay ta’lim” mavzusidagi trening dasturining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur treninglar loyiha doirasida tanlab olingan 50 ta pilot inklyuziv maktabda raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.


Dastur doirasida hududiy trenerlar Chromebook qurilmalari, Google Workspace for Education platformasi, Gemini sun’iy intellekt vositalari hamda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.


Treninglar davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, trenerlarning mustaqil amaliy faoliyati, maktablarda sinov treninglarini o‘tkazish hamda xalqaro sertifikatsiyaga tayyorgarlik jarayonlari tashkil etiladi.


Keyingi bosqichda tayyorlangan trenerlar loyiha doirasida tanlab olingan 50 ta maktab o‘qituvchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, ta’lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish va inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shadilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech