Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassisi Abdulla Avloniy institutida faoliyat boshladi
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida "Zo‘r" (KLASS) xalqaro ta’lim loyihasi doirasida A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassisi Mariya Ivanova o‘z faoliyatini boshladi.
Institut rahbariyati Mariya Ivanova bilan faoliyati avvalida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda loyiha vazifalari, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ikkinchi yil ketma-ket O‘zbekistonga tashrif buyurgan Mariya Ivanova malaka oshirish kurslarida 100 nafardan ortiq pedagogga mashg‘ulotlar olib boradi.
Shuningdek, mentor-o‘qituvchilar seminarlarida trener sifatida qatnashib, ilg‘or metodik tajribalarini ulashadi.
Mutaxassis institut xodimlari bilan hamkorlikda rus tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quv-metodik materiallar yaratish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish ustida ham ishlamoqda.
Ushbu hamkorlik xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


