QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — MILLIY O‘ZLIK VA VATANPARVARLIK TIMSOLI

28 15.10.2026

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi institutda “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.

Seminarda xalqimiz ozodligi, milliy qadriyatlarimiz va ma’rifat ravnaqi yo‘lida kurashgan millat oydinlarining hayoti va faoliyati haqida so‘z yuritildi. Qatag‘on yillarida ta’qibga uchragan ziyolilar, fidoyi o‘qituvchilar va ma’rifatparvarlar taqdiri, ularning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, tarixiy xotirani asrash, ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ularning hayot yo‘lini yosh avlodga yetkazish milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy xotira millat ma’naviyatining tayanchi, ajdodlar merosi esa kelajak avlod uchun bebaho saboqdir!

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech