Taʼlimga hissa qöşayotgan tadbirkorni qöllab-quvvatlaş — farzandlarimiz kelajagiga eʼtibordir
Taʼlim va ilm-fan vaziri Samarqand viloyatida taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uçraşdi. Oçiq muloqotda ularning takliflari, faoliyatidagi qiyinçiliklar va yeçimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, davlat-xususiy şeriklik asosida boğça taşkil etişga kömaklaşiş, xususiy maktab oçiş uçun litsenziya oliş, soliq imtiyozlari hamda oilaviy boğçalarda qöşimça ştat ajratiş böyiça murojaatlar bildirildi.
Xususiy maktablar uçun böş turgan binolardan foydalaniş va sport zali qurişga imtiyozli kredit ajratiş masalalari ham kötarildi. Şuningdek, öqituvçilar öz hisobidan xorij tajribasini örganiş uçun safarlarni taşkil etiş va viza olişda amaliy yordam söradi.
Har bir murojaatni tegişli idoralar bilan birgalikda örganiş va yeçimlar işlab çiqiş uçun masʼullar belgilandi.
Taʼlim sohasidagi tadbirkorlik ortida bolalar uçun yangi örinlar, pedagoglar uçun iş, oilalar uçun esa kengroq tanlov bor. Şu bois taşabbuskorlarning yölidagi tösiqlarni kamaytiriş va ularga amaliy kömak beriş muhim.
Maqsad — tadbirkorning taşabbusi, pedagogning intilişi va ota-onaning umidi bolalar uçun sifatli taʼlim imkoniyatiga aylanişiga kömaklaşiş.








