Yangi o‘zbek alifbosi: nimalar o‘zgardi?
167
29.10.2026
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, yangi alifbo 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat. To‘rt harfning yozilishi yangilanadi, talaffuzi esa o‘zgarmaydi:
➖O‘ o‘ o‘rniga — Ö ö (köz, söz);
➖G‘ g‘ o‘rniga — Ğ ğ (toğ, boğça);
➖Sh sh o‘rniga — Ş ş (şahar, oş);
➖Ch ch o‘rniga — Ç ç (çoy, kuç).
⏺ “Ng” birikmasi alifboda alohida berilmaydi, so‘zlarda esa avvalgidek yoziladi. Tutuq belgisi (’) saqlanadi: ma’no, ta’lim, şe’r.
Qolgan 24 ta harf o‘zgarishsiz qoladi.
#YangiAlifbo #OzbekTili #AvloniyInstituti
