Yangi alifbo: savol va javoblar
O‘zbek tili bayrami kuni — 21-oktyabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid Qonunni imzoladi. Yangi alifbo 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lib, O‘, G‘, Sh, Ch o‘rniga Ö, Ğ, Ş, Ç harflari joriy etiladi.
➖Nega o‘zgartirildi? “Bir tovush – bir harf” tamoyili yozish va kompyuterda ishlashni osonlashtiradi.
➖Qachondan kuchga kiradi? Rasmiy e’lon qilinganidan 6 oy o‘tib, ya’ni 2027-yil aprelida.
➖Pasport, ID-karta, diplom-chi? Barchasi o‘z kuchida qoladi.
➖Darsliklar-chi? Yoppasiga almashtirilmaydi, 2027-yildan 1-sinf darsliklari yangi alifboda chiqadi.
➖Peshlavhalar-chi? Yaroqsiz holga kelgach bosqichma-bosqich yangilanadi.
⏺ Yangi harflarni hozirdanoq turk yoki ozarbayjon klaviaturasi orqali terish mumkin.
#YangiAlifbo #OzbekTili #AvloniyInstituti
