O‘zbek alifbosi takomillashtirildi
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid Qonun 2026-yil 7-iyulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 10-sentyabrda Senat tomonidan ma’qullandi va 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni Prezidentimiz tomonidan imzolandi.
Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 6 oy o‘tib kuchga kiradi.
✅ Yangi alifbo — 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisi:
➖O‘ → Ö ➖G‘ → Ğ
➖Sh → Ş ➖Ch → Ç
“Ng” alohida birikma sifatida alifbodan chiqarildi, talaffuzi saqlanadi.
✅ Amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi.
❗️ Darslik va peshlavhalar bosqichma-bosqich almashtiriladi.
⏺ “Bir tovush – bir harf” tamoyili yozuvni yanada qulay va raqamli davrga mos qiladi.
#YangiAlifbo #OzbekTili #AvloniyInstituti
