YANGI O‘ZBEK ALIFBOSI: KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR
39
29.10.2026
YANGI O‘ZBEK ALIFBOSI
Ko‘p beriladigan savollar
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi o‘zgarishlar bo‘yicha eng ko‘p so‘raladigan 16 ta savolga qisqa va aniq javoblar.
ÖĞŞÇ
§
Rasmiy huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrdagi O‘RQ-1184-son Qonuni. Qonunning kuchga kirish sanasi va o‘tish qoidalari rasmiy hujjatda ko‘rsatilgan. Qonun matni — lex.uz
Umumiy ma’lumot
1 O‘zbek alifbosiga qanday o‘zgarishlar kiritildi? +
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi O‘, G‘, Sh va Ch harflarining yozilish shakli o‘zgartirildi. Endi ular mos ravishda Ö, Ğ, Ş va Ç shaklida yoziladi.
2 Yangi alifbo qachondan kuchga kiradi? +
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tib, ya’ni 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi. O‘tish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
3 Yangi alifboda nechta harf mavjud? +
Yangi alifbo 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat.
4 Alifbodagi o‘zgarishlar qaysi qonunga asoslanadi? +
O‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrdagi O‘RQ-1184-son Qonuniga asoslanadi. Qonun matni bilan lex.uz saytida tanishish mumkin.
5 Yangi alifboni joriy etishdan maqsad nima? +
Yozuvdagi noqulayliklarni kamaytirish, imlo me’yorlarini takomillashtirish hamda o‘zbek tilidan raqamli texnologiyalarda foydalanishni yengillashtirish.
Harflar
6 O‘ harfi yangi alifboda qanday yoziladi? +
O‘ o‘ o‘rniga Ö ö shakli qo‘llanadi. Masalan: O‘zbekiston → Özbekiston
7 G‘ harfi yangi alifboda qanday yoziladi? +
G‘ g‘ o‘rniga Ğ ğ shakli qo‘llanadi. Masalan: g‘alaba → ğalaba
8 Sh va Ch harflari qanday yoziladi? +
Sh o‘rniga Ş ş, Ch o‘rniga Ç ç yoziladi. Masalan: shahar → şaharchiroq → çiroq
9 Ng harflar birikmasi alifbodan chiqarildimi? +
Ha. Ng alifboda alohida birlik sifatida berilmaydi. Biroq n va g harflari so‘zlarda avvalgidek qo‘llanaveradi: tong, ming, singil.
10 Tutuq belgisi saqlanib qoladimi? +
Ha. Tutuq belgisi (’) yangi alifbo tarkibida ham saqlanadi: ma’no, ta’lim, şe’r.
11 Alifboning boshqa harflari ham o‘zgardimi? +
Yo‘q. Qonun bilan faqat to‘rtta harfning yozilish shakli takomillashtirildi, qolgan harflar avvalgidek qoladi.
Hujjatlar va o‘tish davri
12 Eski alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar yaroqsiz bo‘lib qoladimi? +
Yo‘q. Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar avvalgi yozuv shaklida bo‘lgani sababli o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
13 Pasport va boshqa hujjatlarni almashtirish shartmi? +
Yo‘q. Faqat alifbo o‘zgargani sababli avval rasmiylashtirilgan hujjatlarni almashtirish talab etilmaydi.
14 Pul birliklari va qimmatli qog‘ozlar almashtiriladimi? +
Yo‘q. Avvalgi yozuv shaklidagi milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi.
15 Tashkilotlarning peshlavhalari darhol o‘zgartiriladimi? +
Yo‘q. Qonunda belgilangan peshlavha va ko‘rsatkichlardan ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki ijro dasturida belgilangan muddatgacha foydalanish mumkin.
16 Maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladimi? +
Ha. Yangi alifboga o‘tish doirasida darsliklar ham bosqichma-bosqich moslashtiriladi. Aniq tartib tegishli ijro hujjatlari bilan belgilanadi.
