MUZEYIMIZ UMAC JAHON BAZASIGA KIRITILDI
Bir necha kun avval muzeyni xalqaro platformalarda tanitiş böyiça qilingan işlar haqida yozib, UMAC bazasiga kiritiş taklifini yuborganimizni aytgan edik. Endi xuşxabar: Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi uşbu bazaga rasman kiritildi.
UMAC NIMA?
UMAC — Xalqaro muzeylar kengaşi (ICOM) qoşidagi Universitet muzeylari va kolleksiyalari qömitasi. U dunyodagi universitet va oliy ta’lim muassasalari qoşidagi muzeylarning jahon ma’lumotlar bazasini yuritadi. Olimlar, muzey xodimlari va talabalar bu bazadan kerakli muzeyni mamlakati yoki yönalişi böyiça qidirib topadi.
RAQAMLARDA
- Bazada dunyoning olti qit’asidan qariyb 4 mingta muzey va kolleksiya bor.
- Osiyodan — 481 ta.
- Özbekistondan — hozirça bitta: bizning muzeyimiz. Bu 2026-yil 30-oktabr holatiga ko'ra.
- BU NIMA BERADI?
- Xalqaro e’tirof. Muzey haqidagi ma’lumotlar ICOM qömitasi tomonidan körib çiqilib, jahon bazasiga kiritildi. Endi Avloniy nomi dunyo universitet muzeylari qatorida turibdi.
-Tadqiqotçilar bizni topa oladi. Xorijlik olimlar ta’lim tarixi, jadid adabiyoti va teatri böyiça universitet muzeylarini qidirganda muzeyimiz çiqadi. U yerdan muzey sayti va institut sahifasiga ötiladi.
- Hamkorlik va grantlar uçun işonç. Xorijiy taşkilotlar va grant beruvçilar muzeyni tekşirganda uni xalqaro bazada köra oladi. Bu loyihalarda muzeyimizga bölgan işonçni oşiradi.
- ICOM tarmoğiga yöl. UMAC bilan bevosita aloqa örnatildi. Endilikda uning yillik xalqaro konferensiyalarida qatnaşiş va “University Museums and Collections Journal” ilmiy jurnalida maqola çop etiş imkoniyatlari bor.
- Işonçli manba. Vikipediya va boşqa ensiklopedik naşrlarda muzey haqidagi ma’lumotlarga xalqaro manba sifatida havola beriş mumkin.
- MUZEY SAHIFASIDA
Sahifada muzey tarixi, ekspozitsiyasi va eng noyob eksponatlari haqida ma’lumot, zallardan suratlar, manzil va aloqa ma’lumotlari ingliz tilida berilgan. Muzeyimiz madaniyat tarixi, ta’lim tarixi, pedagogika, adabiyot, teatrşunoslik va şarqşunoslik yönalişlari böyiça qidirilganda çiqadi.
- Muzey sahifasi havolasi: https://university-museums-and-collections.net/tashkent/abdulla-avloni-memorial-museum
Endi dunyoning istalgan burçagida ta’lim tarixi, jadid adabiyoti yoki teatrini örganayotgan tadqiqotçi Avloniy muzeyini topa oladi. Bu Avloniy merosini dunyoga tanitiş yölidagi navbatdagi qadam. Havolani yaqinlaringiz bilan ulaşing.
#AbdullaAvloniy #AvloniyMuzeyi
