✅️Ilmiy izlanuvçilarning dissertatsiya himoyalari muvaffaqiyatli ötkazildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvçi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengaş yiğilişlarida bir nafar izlanuvçining DSc va ikki nafar izlanuvçining PhD dissertatsiya işlari himoya qilindi.
Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi böyiça:
➖ Turikova Lazokat Maşrabovna — 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi böyiça “Umumiy örta ta’lim tizimida HR menejment asosida mehnat munosabatlarini taşkil etiş mexanizmini takomillaştiriş” mavzusida dissertatsiya işini himoya qildi.
Pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi böyiça:
➖Rahmonov Ulfat Ubaydullayeviç — 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi böyiça “Öquvçilarning fanga oid kompetensiyalarini loyiha işlari asosida rivojlantiriş mexanizmlari” mavzusida;
➖ Mexmonov Ismat Toşpölatoviç — 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi böyiça “Maktab ta’limi va işlab çiqariş integratsiyasini taşkil etiş mexanizmlarini takomillaştiriş” mavzusida dissertatsiya işlarini himoya qildilar.
Himoya jarayonlarida tadqiqotlarning ilmiy-nazariy ahamiyati, mazmun-mohiyati va ta’lim amaliyotiga tatbiq etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ilmiy kengaş muhokamasi va ovoz beriş yakunlariga köra, izlanuvçilarning dissertatsiya işlari yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.









