“Zo‘r!” (“Klass!”) loyihasi doirasidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Abdulla Avloniy nomidagi institut vakillari ishtirok etdi

110 31.10.2026

A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialida “Zo‘r!” (“Klass!”) loyihasi doirasida “Zamonaviy maktabda o‘qitish metodikasi: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida IV Rossiya–O‘zbekiston ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro anjumanda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti vakillari ham qatnashib, ikki davlat olimlari, pedagoglari, metodistlari va soha ekspertlari bilan maktab ta’limini rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Konferensiyaning birinchi qismida zamonaviy o‘qitish metodikalari, boshlang‘ich ta’lim sifati, maktab ta’limida raqamli transformatsiya hamda sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish va pedagog kadrlar tayyorlashda xalqaro tajriba almashishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Avloniy instituti vakillarining konferensiyadagi ishtiroki ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish bilan bir qatorda, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasidagi ta’lim hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech