VAZIR ÖRINBOSARI NAVOIY ŞAHRIDAGI MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANIŞDI

15 06.11.2026

Bugun Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva Navoiy viloyatidagi iş jarayonlari doirasida Navoiy şahridagi 22-umumiy örta taʼlim maktabida bölib, öquvçilar va pedagoglar uçun yaratilgan şaroitlar, taʼlim-tarbiya jarayonining taşkil etilişi hamda maktab faoliyati bilan tanişdi.


Maktabda taşkil etilgan fan, sport va ijodiy tögaraklar faoliyati, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan maşğulotlarga alohida eʼtibor qaratildi.


Şuningdek, öquv-amaliyot xonalari, ularning moddiy-texnik taʼminoti hamda taʼlim jarayonida foydalaniş samaradorligi közdan keçirildi.


Örganiş jarayonida öquvçilar va pedagoglar bilan muloqot ötkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Xususan, öquvçilarning qiziqişlari, tögaraklardagi iştiroki, taʼlim oliş imkoniyatlari hamda pedagoglarning kasbiy faoliyati bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.


Örganiş yakunida taʼlim sifatini oşiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, tögaraklar faoliyatini takomillaştiriş va öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş yuzasidan masʼullarga tegişli tavsiya va topşiriqlar berildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech