Britaniya Kengaşi (British Council) ijroçi direktori Skott Makdonald Özbekistonga rasmiy taşrifi doirasida A. Avloniy nomidagi institutda böldi

10 09.11.2026

Skott Makdonald bilan ötkazilgan rasmiy uçraşuvda institutning asosiy faoliyat yönalişlari, pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, uzluksiz kasbiy rivojlaniş tizimini takomillaştiriş hamda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan maʼlumot berildi.

Muloqot davomida institut va Britaniya Kengaşi örtasidagi hamkorlik natijalari alohida eʼtirof etildi. Xususan, “Kasbiy rivojlaniş kuni” va “Kasbiy rivojlaniş soati” tadbirlari doirasidagi hamkorlik masalalariga eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, CPD Hub faoliyati, ularning pedagoglarning kasbiy rivojlanişidagi örni va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Uçraşuvda Özbekistonda ingliz tilining xorijiy til sifatidagi örnini mustahkamlaş, uni öqitiş sifatini oşiriş va zamonaviy metodikalarni taʼlim jarayoniga tatbiq etiş masalalari ham muhokama qilindi. Şu bilan birga, Britaniya Kengaşi bilan hamkorlik faqat ingliz tili öqituvçilarini emas, balki barça fan öqituvçilarini qamrab olgan holda ularning uzluksiz kasbiy rivojlanişini (UKR) qöllab-quvvatlaşga qaratilgani taʼkidlandi.


Bunda ilğor xalqaro tajribalarni ommalaştiriş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni fanlar kesimida tatbiq etiş va öqituvçilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş muhim yönalişlar sifatida qayd etildi.


2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech