Menejerlik kursidagi maktab direktorlari Rossiyada malaka oşirmoqda
Mazkur òquv dasturi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Zör!” (“Klass!”) loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida rus tilida taʼlim beriladigan maktablarning 25 nafar direktorlari Sankt-Peterburg şahrida qatnaşayotgan bòlib, mazkur kurs boşqaruv salohiyatini oşirişga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Universitetning Özbek madaniyat markazida taşkil etilgan maşğulotlarda direktorlar boşqaruv qarorlarini qabul qiliş algoritmi böyiça amaliy topşiriqlarni bajardilar.
Şuningdek, ular Prezidentning 239-son fizika-matematika litseyi — “Президентский физико-математический лицей № 239” faoliyati bilan tanişib, taʼlim muassasasini boşqarişning ilğor tajribalarini örganmoqda.
Dastur doirasida “Академический” maktabdan taşqari taʼlim markazi, “Альма Mater” gimnaziyasi hamda “Открытие” 708-sonli umumtaʼlim maktabini örganiş ham rejalaştirilgan.
Mazkur loyiha maktab rahbarlarining boşqaruv kònikmalarini rivojlantiriş, xorijiy ilğor tajribalarni örganiş hamda ularni milliy taʼlim amaliyotiga tatbiq etiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.









