PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARNING KASBIY RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI

39 16.11.2026

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov hamda institut mas’ullari ishtirokida o‘quv jarayonlarining bevosita ishtirokchilari — pedagog va rahbar kadrlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.


Unda kasbiy rivojlanish jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar o‘rganilib, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.


Xususan, menejerlik kurslari o‘quv kontenti, kasbiy rivojlanish dasturlari mazmuni, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholash hamda kurs yakunidagi baholash jarayonlarida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi. Ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan ishtirokchilarning takliflari o‘rganildi.


Muloqotda maktab direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar. Jumladan, o‘quv dasturlari mazmunini amaliy ehtiyojlarga moslashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish va baholash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech