ILMIY KENGAŞDA IKKI NAFAR IZLANUVÇI PhD DISSERTATSIYASINI HIMOYA QILDI
Bugun A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvçi ilmiy kengaşning navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Unda ikki nafar izlanuvçi pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlagan dissertatsiya işlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
13.00.07 – Taʼlimda menejment ixtisosligi böyiça:
➖ Abdulxayeva Maxiraxon Boriyxonovna – “Deontologik yondaşuv asosida maktab direktorlarining boşqaruv madaniyatini takomillaştiriş” mavzusida;
➖ Ubbiyev Alişer Taiiroviç – “Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalarini boşqarişda sunʼiy intellektdan foydalaniş mexanizmlarini takomillaştiriş” mavzusida.
Himoya jarayonida tadqiqotlarning ilmiy-nazariy ahamiyati, ilmiy yangiligi hamda olingan natijalarni maktab va ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari boşqaruvi amaliyotiga joriy etiş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.
Muhokamalar va ovoz beriş yakunlariga köra, har ikki dissertatsiya işi yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.









