9 may – Xotira va qadrlash kuni!
119
09.05.2025
Bu kun – Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizni yodga olish, ularning jasoratini ehtirom bilan qadrlash kunidir.
Ajdodlarimizning mardonavor harakati, sabr-toqati va fidoyiligi bugungi tinch hayotimizning mustahkam poydevoridir.
Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar!
Sizlarni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Barchangizga sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik, yurtimizga osoyishtalik tilaymiz.
Urush va mehnat faxriylariga cheksiz hurmat va chuqur ehtirom bajo keltiramiz.
Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti jamoasi