A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamkorligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil" mavzusida seminar tashkil etildi

219 18.03.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamkorligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni Bosh prokuraturaning voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sardordek Karimov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Maqsudjon Yuldashev va institut rektori Abduvali Ismailovlar olib bordilar.

Bosh prokuraturaning voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sardordek Karimov Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida nutq so‘zladi.

Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan asosiy vazifalar, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hamda tizimda korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, institut rektori Abduvali Ismailov korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Tadbir yakunida maktab taʼlimida korrupsiyani oldini olishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha institutda malaka oshirayotgan pedagog ustozlarning fikr-mulohazalari eshitilib, takliflari yozib olindi.

Tadbirdan so‘ng mehmonlar Institutning yangilangan kampusi, jumladan, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi va STEAM laboratoriya markazi bilan tanishdilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech