Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining brend-aydentikasi yangilandi
❗️Institutning brend-aydentikasini yaratishda binoning yangilangan qiyofasi va maqsadlaridan kelib chiqildi.
Brend nomidagi Abdulla Avloniy so‘zlarining bosh harflari va yangi bino old fasadidagi naqshlardan foydalanildi.
Taqdim qilinayotgan yechim va yo‘riqnoma tashkilotning faoliyatidan kelib chiqib, digital media va print uchun elementlar yaratishni maqsad qiladi.
✔️Asosiy Logo eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishdir va asosan bosma materiallarda hamda ijtimoiy tarmoqlar, targ‘ibot materiallarida foydalaniladi. Ekran va poster print variant uchun mo‘ljallangan.
Asosiy Logoning GORIZONTAL ko‘rinishi websayt va vertikal (A) ko‘rinish noqulay kelgan paytlarda qo‘llaniladi.
Brend book bilan institutning rasmiy veb-saytida “Brending” sahifasi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.