Germaniyaning Gamburg shahrida TIMSS tadqiqotlari doirasida seminar treninglar o‘tkazilmoqda

132 15.02.2025

Seminarda Ta‘limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – Gamburg va Niderlandiya) vakillari, Boston kolledji hamda tadqiqotda ishtirok etayotgan 64 ta mamlakatning vakillari qatorida O‘zbekiston vakillari sifatida Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi pedagogika mahorat milliy instituti mas‘ul vakillari ham ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir doirasida tadqiqot natijalari asosida chuqur tahlillar o‘tkazish, xalqaro ma‘lumotlar bazasidan samarali foydalanish va natijalar ustida amaliy ishlar olib borish hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan turli masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, seminar doirasida xalqaro pudratchi tashkilotlar vakillari bilan alohida muhokama sessiyalarida ishtirok etib, O’zbekistonning ushbu tadqiqotlarda munosib ishtirokini ta’minlash bo’yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech