Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari maktab taʼlimidagi islohotlar bilan tanishtirildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat institutida joriy yilning 11-12 aprel kunlari tashkil etilgan maxsus kurslarda 31 ta oliygohlarning 95 nafar professor-o‘qituvchilari trenerlar sifatida tayyorlandi.
18 soatlik o‘quv kursining dasturi quyidagi 9 ta mavzuni o‘z ichiga oldi:
- Maktab taʼlimi tizimidagi rahbar va pedagoglarning malakasini oshirish;
- Xalqaro baholash dasturlari va ularning talablari;
-PISA xalqaro tadqiqotida tabiiy fanlar savodxonligi mazmuni;
- Maktablarda joriy qilinayotgan yangi baholash tizimi va uning metodologiyasi;
- Taʼlimda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash;
- Umumiy o‘rta taʼlim maktablari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish;
- Yangilanayotgan maktab darsliklari to‘g‘risida;
- Maktab taʼlimida raqamlashtirish va davlat xizmatlari;
Mazkur mavzular doirasidagi mashg‘ulotlar bevosita Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentlik va institutning masʼul rahbarlari tomonidan olib borilganligi, treninglarning amaliy ahamiyatini oshirdi.
Ishtirokchilarga kurs yakunida trenerlik sertifikatlari topshirildi.