A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti rektori O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasida ishtirok etdi

83 28.09.2023

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalari vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari hamda oliy taʼlim muassasalari rektor va prorektorlaridan iborat delegatsiya Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi va Hukumatlararo komissiyaning Ilm-fan va taʼlim bo‘yicha quyi komissiyaning yig‘ilishida ishtirok etdi.

Sankt-Peterburg davlat universitetining Menejment oliy maktabida o‘tkazilgan "O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi"da mamlakatimizdan qatnashayotgan 16 ta masʼul rahbarlar qatorida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov ham ishtirok etdi. Rossiya tomonidan esa 30 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari rektor va prorektorlari qatnashdi.

Mazkur konferensiya ikki davlat o‘rtasidagi barcha sohalar qatori taʼlim yo‘nalishida yangi sahifa ochmoqda. So‘nggi 5 yil davomida anʼana sifatida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir davlatlarimiz o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni tubdan o‘zgartirib, yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi ko‘zlanmoqda.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech