A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov TALIS boshqaruv kengashi aʼzolarining uchrashuvida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi

223 15.09.2023

Xabaringiz bor, O‘zbekiston o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan TALIS-2024 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda.

 

14,15 - sentyabr kunlari tadqiqot doirasida onlayn tarzda TALIS boshqaruv kengashi aʼzolarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

      

Ushbu uchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OYECD), Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IYEA), Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi (ACER), Kanada statistika markazi hamda tadqiqotda ishtirok etuvchi 50 mamlakatlar qatorida O‘zbekiston vakili sifatida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda TALIS-2024 tadqiqoti doirasida o‘tkazilgan tajriba sinov natijalari va asosiy tadqiqotni o‘tkazish jarayonlari yuzasidan maʼlumot almashilindi. Taʼkidlash lozimki, TALIS boshqaruv kengashi uchrashuvlarida qabul qilingan qarorlar kelgusida tadqiqot o‘tkazish jarayonlarini belgilab beradi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech