A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismoilov Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tashabbusi bilan tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslari tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

589 22.06.2023

Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismoilov Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tashabbusi bilan tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslari tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan kurs tinglovchilariga kursning asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida maʼlumot berib, kurslar uchun yaratilgan o‘quv-reja hamda dasturlarning mazmun va mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Kontentlar xorijiy tajriba va umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori kasb standarti asosida yaratilganligi va shunga muvofiq tashkil etilganligini taʼkidladi.

Uchrashuvda A.Ismoilov Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining mutaxassis xodimlariga kurslarni tashkil etishdagi hamkorligi va ko‘magi uchun ham minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Shuningdek, tinglovchilarning fikrlarini, taklif va muammolarini o‘rganib, masalalarni hal qilishdagi tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech