A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv avvalida yaqin kunda muhtaram prezidentimiz rahbarligida maktablarda taʼlim sifatini yana-da oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi belgilangan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Taʼlim sifatini oshirish, direktorlarning malaka oshirish borasidagi salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish, tinglovchilarning ehtiyojlariga asosan kurslarni tashkil etish borasida suhbat olib borildi.
Shuningdek, anʼanaviy kurslardagi mazmun-mohiyat hamda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ularning fikr va takliflari eshitildi.