A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
243
10.11.2023
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda Rossiya OTM tomonidan vakil sifatida universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Komarova Yuliya Aleksandrovna hamda Yermakova Margarita Aleksandrovnalar ishtirok etdi.
Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar:
- hududlarda faoliyat yuritayotgan rossiyalik metodistlarning faoliyati samaradorligi bo‘yicha;
- ko‘chma darslar tashkil etish;
- kafedralar orasida hamkorlik olib borish;
- kelgusi yil uchun boshqaruv sohasida malaka oshirish kurslarini yaratish;
- inklyuziv taʼlim dasturlari;
- stajirovka masalalari;
- ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha.