A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

211 28.09.2023

Kuni kecha Sankt-Peterburg davlat universitetida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasiga tashrif chog‘ida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori Sergey Tarasov bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ushbu memorandum doirasida 2023-2026-yillar davomida ilm-fan, madaniyat va kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni uzviy davom ettirish maqsad qilingan.

Shuningdek, hamkorlik hujjati mazmuniga ko‘ra, hamkorlikda uchrashuv, muhokamalar va maslahatlashishlar o‘tkazish, metodikaga oid maʼlumotlar almashish, ilmiy-tadqiqot va taʼlimga oid loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech