A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakillari TALIS-2024 tadqiqoti doirasida Sloveniyaning Lyublyana shahrida o‘tkazilayotgan uchrashuvida ishtirok etdi

207 03.10.2023

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti vakillari TALIS-2024 tadqiqoti doirasida Sloveniyaning Lyublyana shahrida o‘tkazilayotgan Milliy loyiha menejerlari va maʼlumotlar boshqaruvchilarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OYECD), Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IYEA), Capstan ligvistika markazi jamoasi hamda tadqiqotda ishtirok etuvchi mamlakatlardan 100 dan ortiq vakillar ishtirokida o‘tayotgan ushbu uchrashuvni Sloveniya Taʼlim vaziri janob Dr Darjo Felda ochib berdi hamda TALIS-2024 tadqiqotida barcha tashkilotchilar hamda ishtirokchi davlatlarga muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuv davomida tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab direktorlari va o‘qituvchilarini tanlab olish tamoyillari, 2024-yilda o‘tkazilishi belgilangan asosiy tadqiqotda foydalaniladigan so‘rovnoma materiallarini moslashtirish, tarjima qilish va xalqaro verifikatsiyadan o‘tkazish hamda tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlarida foydalaniladigan maxsus onlayn dasturiy vositalaridan foydalanishga bag‘ishlangan seminar treninglar bo‘lib o‘tdi.

Institut vakillari umumiy uchrashuvlardan tashqari Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IYEA)ning tanlov jarayonlari bo‘yicha xalqaro ekspert Ralph Carsten hamda maʼlumotlar boshqaruv jamoasi (IYEA IEA Data Management team) boshlig‘i Renato Coppi bilan tor doiradagi uchrashuvlarda ishtirok etib, tadqiqotda ishtirok etuvchi maktablar tanlovining hozirgi kundagi holati hamda asosiy sinovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashdilar.

Ushbu xalqaro uchrashuv doirasida orttirilgan tajribalar kelgusida O‘zbekistonning TALIS-2024 tadqiqotda munosib ishtirok etish uchun xizmat qiladi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech