A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida navbatdagi ilmiy kengash o‘tkazildi

732 30.08.2023

Kengashni institut rektori A.Ismailov bevosita ishtirok etgan, kuni kecha muhtaram prezidentimiz raisligida maktablarda taʼlim sifatini yana-da oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan boshladi.

Xususan, o‘qituvchilarning malakasini tabaqalashgan holda oshirishni tashkil etish, o‘qituvchining bilimini diagnostikadan o‘tkazish, maktab direktorlari va o‘rinbosarlarini har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda maktab direktorlarini sertifikatlash kabi vazifalar yuzasidan maqsadli dastur ishlab chiqish belgilandi.

Shuningdek, kengashda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, kafedralar tashkil etish, institut magistraturasiga qabul natijalari va to‘lov-kontrakt miqdorlarini belgilash, uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv-mavzu reja va dasturini, magistratura o‘quv jarayonlarini tashkil etishga tayyorgarlik, magistratura mutaxassisliklarining o‘quv reja, fan dasturlari, fanlar bo‘yicha sillabus, o‘quv-uslubiy majmualar, talabalarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot dasturlari, magistrlik dissertatsiya mavzular banki, oliy maʼlumotli nopedagog va nomutaxassis kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarining namunaviy o‘quv dasturlarini tasdiqlash “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasini takomillashtirish hamda uni ichki va tashqi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti turar joylari haqida nizom”ni tasdiqlash va to‘lov miqdorlarini belgilash, “Xalq taʼlimi tizimidagi kadrlar bo‘yicha mutaxassislarning huquqiy va moliya-buxgalteriya xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha “HR” va “Maktab o‘qituvchilari va direktorlari zaxirasini shakllantirish portali” loyihalarining yakuniy natijalari sarhisobi bilan tanishildi.

Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning tajriba sinov dasturlarini tasdiqlash o‘quv, metodik va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish hamda institut balansidagi qoldiq qiymati nol bo‘lgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tarkib aʼzolari ovoziga ko‘ra nashrga tavsiya etiladigan materiallar tavsiya etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech