A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida ulug‘ maʼrifatparvar adib Abdulla Avloniy tavalludining 145-yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

156 13.07.2023

Tadbirda Milliy tiklanish partiyasi Olmazor tuman kengashi vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zMU dotsenti To‘lqin Eshbek va institut rahbariyati, xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati, yangi usul maktablari uchun darsliklarning dastlabki namunalarini yaratgani, xalqning maʼrifatli bo‘lishi uchun qilgan saʼy-harakatlari haqida nutq so‘zladilar. Jurnalist To‘lqin Eshbekning adabiyotimiz, tilimiz va maʼnaviyatimizning rivojida jadid bobolarimizning, jumladan, Abdulla Avloniyning ijodi va faoliyatini o‘rganish va targ‘ib qilish benihoya muhimligi to‘g‘risidagi nutqi ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Institut yetakchi ilmiy xodimi Sitorabonu Shomurodova tomonidan ulug‘ maʼrifatparvar adibning hayot va ijod yo‘li, maqolalarining bugungi kun uchun ham ahamiyatli ekanligi, A.Avloniy ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasini ishlab chiqqan dastlabki olimlardan bo‘lganligi taʼkidlandi.

Tadbir so‘ngida institutda joylashgan Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyiga sayohat qilindi va muzeydagi noyob kitoblar, adib ishlatgan buyumlar haqida maʼlumotlar berildi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech