A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida Xorijiy maslahatchi o‘z faoliyatini boshladi
✅Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim sifatini yana-da oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joriy yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinishi belgilandi.
✔️Maʼlumki, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutiga hududiy markazlar uchun bosh taʼlim muassasasi sifatida ularning o‘quv, metodik va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.
✅Shu bois, institut videoselektorda belgilangan topshiriq ijrosini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyati doirasida hududiy markazlarda va institutda faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilayotgan xorijiy mutaxassisni jalb qildi.
????Bugun mazkur xorijiy mutaxassis institut faoliyati va rahbariyati bilan tanishdi hamda birgalikda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.