A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Axborot-resurs markazi ilk bor “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2024” forumida ishtirok etdi
Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kutubxona jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Axborot-resurs markazi masʼullari “Kutubxonaning zamonaviy qiyofasi” talqinida yangilangan kutubxona, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlari bo‘yicha tayyorlangan taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad kutubxona axborotlarini qayta ishlash va axborot-kutubxona muassasalarini boshqarish samaradorligini oshirish uchun ilg‘or dasturiy-texnik yechimlar va dasturiy tizimlar bilan tanishtirishdir.