A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi” mavzusidagi profilaktik chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi 

590 27.09.2024

   Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni, shuningdek, ushbu qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan bir qancha ishlar haqida ma’lumot berildi.

   Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Abuzarov  so‘zga chiqib, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator qonunlar va qarorlar qabul qilinayotganligini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori  hamda  «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni  talablarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tinglovchilarga ko‘rsatma berdi.

   Ma’ruza so‘ngida davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning odob-axloq komissiyasi tomonidan aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini maxsus bo‘linma bilan birgalikda tahlil qilishiga va davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishiga urg‘u berib o‘tdi va o‘z so‘ziga yakun yasadi.

   Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga ma’ruzachi tomonidan javob berildi va yig‘ilishga yakun yasaldi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech