A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xodimlari Tojikiston Respublikasida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Dushanbe shahrida MDH davlatlarining ta‘lim soha vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan "Взаимодействие национальных образовательных систем стран Содружества как фактор повышения качества образования на пространстве СНГ" mavzusida xalqaro ilmiy-ta‘limiy konferensiya 8-12-aprel kunlari davom etadi.
Konferensiya Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Boshlang‘ich va o‘rta-professional ta‘lim qo‘mitasi hamda MDHga a‘zo davlatlarning gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg‘armasi tomonidan tashkil etilib, unda ta‘lim tashkilotlarini boshqarish sohasida tajriba almashish, malaka oshirish tizimidagi islohotlar, raqamlashtirish-innovatsion yondashuvlardan foydalanish, ta‘lim tashkilotlari o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.