A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2024-yil 2-chorakda qabul qilingan mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyatining monitoringi o‘tkazildi.
Unda tadqiqotchilarning yakka tartibdagi ish rejalari, nazariy-metodologik dasturi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati quyidagi mezonlar asosida baholandi:
*Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
*Ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;
*OAK tasarrufdagi mahalliy jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola nashr etilganligi;
*Dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;
*Dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;
*Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha ma’ruza qilganligi.