A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida PRESS-TUR tashkil etildi

253 08.10.2024

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosining ochilishi va institut faoliyati mazmunidagi o‘zgarishlar yuzasidan PRESS-TUR tashkil etildi.

Unda barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va taʼlim tashkilotlarining Matbuot kotiblari ishtirok etdi.

Vazirlik va institut rahbariyati tadbir ishtirokchilariga yangi bino, A.Avloniy yodgorlik muzeyi, Axborot-resurs markazi, “Situatsion” o‘quv xonasi, “Tarbiya va maʼnaviy kamolot” xonasi, videodarslarni tasvirga olish studiyasi, STEAM markazi hamda mehmonxona, pedagoglar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishtirdilar.

PRESS-TUR yakunida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javoblar va intervyular berildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech