Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Birlashgan Arab Amirligining Amirliklar milliy maktablari bosh direktori Ahmed Al Bastaki va Singapurning Times Publishing Group bosh direktori Peng Yim Siew tashrif buyurdi
Ushbu tashrif O’zbekistonda ilk bora o’tkazilayotgan Markaziy Osiyo Universitetlari forumi doirasida amalga oshirildi.
Mehmonlar institutda bo‘lib, yangi bino, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.