ANDIJONDA "TAʼLIM SIFATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI METODLAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA SEMINARI O‘TKAZILDI
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati samaradorligini oshirish hamda PISA 2025 tadqiqotlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilib, hududlarda seminarlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi muloqot Andijon viloyatida o‘tkazilib, unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi U.Tashkenbayev, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari K.Komilov va Boshqarma boshlig‘i U.Shukurovlar tomonidan viloyatdagi maktablarda taʼlim salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, seminarda Andijon viloyatida xalqaro tadqiqotlar uchun tanlab olingan taʼlim muassasalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashilib, ulardagi o‘qitish jarayonlarini yana-da yaxshilashga qaratilgan uslubiy ko‘nikmalar berildi.