Belorussiya Respublikasining “Taʼlim akademiyasi” davlat taʼlim muassasasi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi

203 15.03.2024

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati Belorussiya Respublikasining “Taʼlim akademiyasi” davlat taʼlim muassasasi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov hamda Belorussiya Respublikasining Taʼlim akademiyasi davlat taʼlim muassasasi rektori I.Starovoytova ikki tomonlama hamkorlik aloqalari borasida fikr almashdilar.

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan, maktab taʼlimi pedagog xodimlarining malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish, stajirovkalarni tashkil etish, hamkorlikda konferensiya, seminar treninglar hamda tadbirlarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilib, tajriba ulashish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hamkorlik kelishuv doirasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, rejalar kelishib olindi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech